Ey sabo bergil xabar, sarvi ravonim keldimu...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ey sabo bergil xabar, sarvi ravonim keldimu...
by Husayn Boyqaro

Ey sabo bergil xabar, sarvi ravonim keldimu,
Jon isi sendin kelur, ruhi ravonim keldimu?

Hajr dashtida mungrab qolmish erdi xasta jon,
Vah dengizkim, ul g’aribi notavonim keldimu?

Kelgan ermish xo’blar ishq ahli qonin to’kkali,
Ey ko’ngul, ko’rkim mening qatlimga jonim keldimu?

Zulfida sen bandu men ko’yida bemor, ey ko’ngul,
Za’fdin dekim, sanga munglug’ zabonim keldimu?

Yor mehmon bo’lsa jism uyiga, jon aylay nisor,
Aytingiz, ey do’stlarkim, mehmonim keldimu?

Rahm etib bir kun Husayniyni itingdin so’rg’asen,
Ul malomat ko’yida itgan yamonim keldimu?

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse