Ey sabo, bergil xabar, oromijonim qaydadur...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ey sabo, bergil xabar, oromijonim qaydadur...
by Muhammad Rahimxon Feruz

Ey sabo, bergil xabar, oromijonim qaydadur?
Sarvqadu gulpirahan, g‘uncha dahonim qaydadur?

Bir qiyo boqmoq bila aqlimni toroj aylagan
Ul pariruxsor, mujgoni sinonim qaydadur?

Chiqti jonim furqatida gul yuzin ko‘rmay aning,
Jon berurg‘a la’lidin Iso nishonim qaydadur?

Kechayu kunduz firoqpda o‘lar holatdaman,
Ayting, ey ahboblar, jism ichra jonim qaydadur?

Ohu nolam charxfarsodur yuzi hijronida,
Bilmadimkim, boisi ohu fig‘onim qaydadur?

Belu og‘zi yodi birla ko‘zlarim giryon etib,
Oshkoro anlagan dardi nihonim qaydadur?

Vasli birla shod etib ag‘yorlarni har kecha,
Baytulahzonimg‘a bo‘lmay mehmonim qaydadur?

Topmadim ul gul visolidin xabar Feruzdek,
Ey sabo, bergil xabar, oromijonim qaydadur?

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse