Ey rashki pari mehri jamoling ne balo xo’b...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ey rashki pari mehri jamoling ne balo xo’b...
by Nurmuhammad Andalib

Ey rashki pari mehri jamoling ne balo xo’b,
V-ey nilufaridek qo’sha xoling ne balo xo’b.

Fikringda bo’lib ko’zlarima jilva namoyon,
Har soatu har lahza xayoling ne balo xo’b.

La’ling g’amidin tashladi Xizr obi hayotin,
Kavsar suvidek sofi zuloling ne balo xo’b.

Ey hur, yuzingning biri oy, birisi kundek,
Bu oyu quyosh uzra hiloling ne balo xo’b.

Boshdin oyoqingdur ochilon gulshani xo’biy,
Sar to qadami toza niholing ne balo xo’b.

O’ltursa ko’zing, ikki labing lek berur jon,
Jon baxshlig’ing xo’bu qitoling ne balo xo’b.

Boqsam yuzinga Andaliboso ajab ermas,
Furqatzada bo’lg’onga visoling ne balo xo’b.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse