Ey quyosh, yuzing ochgin...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ey quyosh, yuzing ochgin...
by Ogahiy

Ey quyosh, yuzing ochgin, g'am tunida zoringman.
Sidq ila nafas urg'on subhi beg'uboringman.

San jamol-u hashmatda husn mulki shohisan.
Man malol-u kulfatda bandai nazoringman.

Qilma ayb agar qilsam ishqing ichra ojizliq,
Qariliq yuki bosg'on zori bemadoringman.

Garchi o'zgalar yonliq aylay olmog'im xizmat,
Lek alar qatorida bir umidvoringman.

Necha umrlardurkim furqati g'ami ichra
Yig'labon kecha-kunduz zori beqaroringman.

Marhamat ko'zi birla holima nazar qilg'il,
Ko'ying ichra yer tutg'on bir duoga zoringman.

Istasam aziz bo'lmoq, tong yo'q iltifotingdin.
Chunki Ogahiy yanglig' ishq ichra xoringman.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse