Ey orazi shams-u qamarim...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ey orazi shams-u qamarim...
by Atoiy

Ey orazi shams-u qamarim, netti, ne bo‘ldi?
Vey, tishlari durri guharim, netti, ne bo‘ldi?

Ko'nglum kuyarindin sanga men pand berurmen,
Ey marhami jon-u jigarim netti, ne bo‘ldi?

Sen bor ekan o'zga kishiga nazar etsam,
Chiqsun bu mening diydalarim, netti, ne bo‘ldi?

Gah javr ila o'tur meni, gah noz ila, sendin
Haqqoki mening yo'q guzarim, netti, ne bo‘ldi?

Ey lu'bati Shirin, seni Farhod mengizlik,
Olamg'a yoyildi sevarim, netti, ne bo‘ldi?

Umrumni sening qullug'ungga sarf qilibmen,
Ey o'z qulidin bexabarim, netti, ne bo‘ldi?

Bir zarra chuchuk so'zni Atoyidin ayarsen,
Ey lablari shahd-u shakarim, netti, ne bo‘ldi?

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse