Ey ko’ngul, ul dilraboning o’zga yori bor emish...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ey ko’ngul, ul dilraboning o’zga yori bor emish...
by Husayn Boyqaro

Ey ko’ngul, ul dilraboning o’zga yori bor emish,
Vah,sanga dushman bo’lub, ul o’zgalarga yor emish.

Har zamon yuz bor dil ozoridin ko’nglumdadur,
Bahkim,ozori buzuq ko’nglumda muncha bor emish.

Dardi ishqing sharhini ko’zumga degach to’kti yosh,
Vahki,oni yor sog’indim, ul vale ag’yor emish.

Zor o’lub ishqida ozori kelurni bilmadim,
Zorlarg’a ishqdin kelgan nasib ozor emish.

Yuz ochib o’rtar meni, vah,ishq o’tidin ne gila –
Kim, manga o’t solg’uchi ul otashin ruxsor emish.

Hajrida bechoralig’din oh-vovaylo ne sud —
Kim,balolig’ ishq ila bechoralig’ nochor emish.

Ey Husayniy, der eding ul dilraboni bevafo,
Men ham ani mubham etibmenkim, oncha bor emish.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse