Ey ko’ngul, qilma tama ul dilsitondin yaxshiliq...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ey ko’ngul, qilma tama ul dilsitondin yaxshiliq...
by Ubaydullaxon

Ey ko’ngul, qilma tama ul dilsitondin yaxshiliq,
Notavon jonimg’a ul oshubi jondin yaxshiliq.

El ichida yaxshiliq ko’rmaymen ondin, der edim,
Ey ko’ngul, men ko’rmadim, kim ko’rgay ondin yaxshiliq.

Ey guli ra’no, hazar qil ohi sardimdin mudom,
Hech gul ko’rgan emas bodi xazondin yaxshiliq.

Mehribonliq ko’rsatib, ko’nglumni oldi oqibat,
Shukri lillah, ko’rdum ul nomehribondin yaxshiliq.

Ey Ubaydiy, yaxshiliq ko’z tutmayin, ne bok, men,
Ne umid etgay kishi mendek yamondin yaxshiliq.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse