Ey husn ganji, bu zaif ko’nglumni vayron aylama...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ey husn ganji, bu zaif ko’nglumni vayron aylama...
by Sakkokiy

Ey husn ganji, bu zaif ko’nglumni vayron aylama,
Yuz uza zulfung tog’itib, umrum parishon aylama.

Har nokasu kas yuzuna xush toza gul yanglig’ kulub,
Bag’rimni har dam g’unchatek hasrat bila qon aylama.

Nortek yangoqing shu’lasin sen ko’rguzub ag’yorg’a,
G’ayrat o’ti ichra yona bag’rimni baryon aylama.

Barcha xaloyiq to’p bikin tashlar ayoqing uza bosh,
Bu ishga zulfung dol erur, sen oni chavgon aylama.

Bo’lsa qiyomat barchadin qilg’on ishini so’rg’usi,
Oz qil jafou javrni, muncha farovon aylama.

Zulmu sitamni zulfungu kofir ko’zungga o’gartib,
Bu keng jahonni sen manga bir tor zindon aylama.

Ey yinju tishlik dilbarim, la’li guharboring haqi,
Sakkokining ikki ko’zin har lahza ummon aylama.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse