Ey gul, yuzingga huru pari bandayi joni...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ey gul, yuzingga huru pari bandayi joni...
by Sakkokiy

Ey gul, yuzingga huru pari bandayi joni,
Toltek bo’yung ozodi erur sarvi ravoni.

Xo’blar soni yo’q Chinu, Xitoy, Xo’tan ichra,
Yetmas sanga lekin tilagan dunyoda soniy.

Ul tishingu erningni ko’rib bir kularingda,
Bu ikki ko’zum la’lu guhar bahri-yu koni.

Yuzingni qilur toza ko’zum yoshi-yu ohim,
Gul toza bo’lur topsa vale obu havoni.

Ushshoq qonin to’kkali elga qilich olsang,
Kim ilgaru tutmas bo’yun – o’z bo’ynina qoni.

Oydur sening olingda bu kun bir habashiy qul,
Tonsa yuzida zohir o’lur dog’ nishoni.

On derlar emish ko’rklu kishilar namakingga,
Sakkokiy sening yuzunga boqsa ko’rar oni.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse