Ey falak, netdim sani, dunshanlig‘ izhor aylading...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ey falak, netdim sani, dunshanlig‘ izhor aylading...
by Muhammad Rahimxon Feruz

Ey falak, netdim sani, dunshanlig‘ izhor aylading,
Notavon ko‘nglum tuganmas g‘amg‘a duchor aylading.

Solibon ayru malaksiymo habibimdin mani,
G‘ulsurat devsiyratlar bila yor aylading.

Vasl ila bir dam xush etmay xotiri noshodimi,
Doimo dardu firoqu g‘am aro zor aylading.

Hajr tig‘idin qilib jismimnn sartosar yaro,
Joni zorimii mashaqqat birla afgor aylading.

Davlatp vaslin muyassar aylabon ag‘yorga,
Mehnatu hajrig‘a ko‘nglumni sazovor aylading.

Bir yo‘li aylanmayin Feruzning komi bila,
Ey falak, netdim sani, dushmanlig‘ izhor aylading.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse