Ey bexabarim, xoh inon, xoh inonma...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ey bexabarim, xoh inon, xoh inonma...
by Bayramxon

Ey bexabarim, xoh inon, xoh inonma,
Kuydi jigarim, xoh inon, xoh inonma.

Garchi guzaring yo‘q manga, billahki, sendin
Yo‘qtur guzarim, xoh inon, xoh inonma.

Yuz fitna ko‘zu zulfung aro chin topilibtur,
Ey fitnagarim, xoh inon, xoh inonma.

Sen bo‘lg‘ali manzur mahu mehrg‘a hargiz —
Tushmas nazarim, xoh inon, xoh inonma.

Sendin xabarim bo‘lg‘ali, haqqoki, o‘zimdin
Yo‘qdur xabarim, xoh inon, xoh inonma.

Yo‘q sencha kishi sevguluk el ichraki, yo‘qtur
Sendek sevarim, xoh inon, xoh inonma.

Bayram kibi yakson kechadur zulfu yuzungdin
Shomu saharim, xoh inon, xoh inonma.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse