Etdigumdandur

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Etdigumdandur
by Shermuhammad Munis

Falak shabgun ko‘ngul dudin namoyon etdigumdandur,
Zamin gulzor qon yoshim gulafshon etdigumdandur,
Jahonda sho’ri rasvolig’ farovon etdigumdandur,
Parishon xalqi olam oh-u afg‘on etdigumdandur,
Parishon o‘ldug’um xalqi parishon etdigumdandur.

Saropo aqli xudroyim giriftori junun o‘lmog’,
Damodam chashmi giryonim sirishki lolagun o‘lmog’,
Dili mahzunim anduh ichra har soat zabun o‘lmog’,
Tani zorimda dardi ishq kun-kundin fuzun o‘lmog’,
Tani bedarda tadbir ila darmon etdigumdandur.

Yetub gar holate oshiq do’gar yosh yo edar nola,
Sabab ta’siri fayzi ma’shuq o‘la ul hola,
Eshit burhonimi tasdiqing o‘lmaza bu aqvola,
Ko‘zimkim bag‘riming qonin do’gar pargola-pargola,
Damodam orzuyi la’li jonon etdigumdandur.

Xachan afsus edardim sirrimi po’shida qilsaydim,
Xachan hasrat chekardim zohiran gul-gul ochilsaydim,
Xachan zahmat ko‘rardim da’vati oroma kelsaydim,
Xachan rasvo o‘lurdim qon yutub sabr eda bilsaydim,
Malomat chekdigim behuda afg‘on etdigumdandur.

Junun vodiylarig‘a Xizri uzlat go’star ohim,
Na hamrohim o‘lub Munis kibi hamroz-u dilxohim,
Na bir odam ko‘rib ashkim, eshitur nola-yu ohim,
Fuzuliy, ixtiloti mardumi olamdin ikrohim,
Parivashlar xayolin munisi jon etdigumdandir.


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.