Jump to content

Eski maqsadqa qaytayliq

From Wikisource
Eski maqsadqa qaytayliq (1921)
by Abdulhamid Choʻlpon
335287Eski maqsadqa qaytayliq1921Abdulhamid Choʻlpon

“Yosh buxoroliq” degan maslak quyidag‘i shu uch narsa bilan maydong‘a chiqg‘andir: maktab, kitob, matbuot.

Yosh buxoroliklar ham eng oldin bosh ko‘tarib chiqg‘onlarida, yurt va el uchun kurash maydonig‘a otilg‘onlarida shu 3 narsani yuksak tovush bilan qichqirg‘onlardir: “maktab, kitob, matbuot!”

Buni yosh jumhuriyatimizning nozirlar sho‘rosi raisi va “Yosh buxoroliklar”ning pirlaridan biri bo‘lg‘on o‘rtoq Fayzulloxo‘ja, Buxoro inqilobining bir yilliq bayramida chiqg‘on “Axbor”dag‘i “Xotirimdadir” maqolasida yozib to‘xtalib o‘tdi.

Ko‘b yaxshi.

Buning ustiga bizdan dog‘i 5 modda narsa ortdirayliq:

  1. Maskavda 20 sentyabrda ulug‘ sovko‘m (“kamissarlarsho‘rosi”)ning otoqli bir piroletarchi majlis bo‘lg‘on. Mazkur majlisda Rusiyada bosilaturg‘on oqchalarning 8 foizini (bir xabarda 80 foiz) maorif kamissarligiga berish to‘g‘risidagi mas’alani qaramoq uchun ayrim bir hay’at tuzilgan.
  2. Ozarboyjon jumhuriyatining komissarlar sho‘rosiraisi va Rusiya turklarining eski jamoat xodimlaridano‘rtoq Narimonov Ozarbayjon jumhuriyatining maorif xizmatchilari qurultoyida bir nutq so‘zlab, ul nutqning bir yerida deydir: “Agar menga falon yerda, shurolar olami (oparati) ko‘b yaxshi qo‘yulg‘on, lokin maorif ishlari oqsaydir”, – desalar, men: “ – demak, u yerda sho‘rolar olami yaxshi qo‘yulmog‘on ekan”, – deyman.
  3. Dog‘iston jumhuriyatida maorif ishlari “ortiqdarajada zarbali” deb e’lon qilg‘on.
  4. Buxoro xalq qurultoyi maorif ishlarini“zarbali” (udarniy) deb tanidi.
  5. Jumhuriyatimizning maorif nazorati 8 yosh bilan16 yosh orasidag‘ilarg‘a “majburiy o‘qush” e’lon qilib, birkog‘az chiqardi.

Shularning hammasining ustiga bizning ayta turg‘onimiz ko‘b qisqa:

Rusiya Sho‘rolar hukumati eng qiyin bir ahvol ichida maorifga yopishadir.

Ozarbayjon jumhuriyatida bu haqiqatni burun ham bilar edi, tag‘in qaytarib, mahkamlab aytarlar.

Dog‘iston jumhuriyati bu qarorni yuzaga chiqarish yo‘lida qat’iy choralarga endi kirishgandir.

Buxoro xalq qurultoyi kechagina o‘tdi – “majburiy o‘qish” to‘g‘risidag‘i e’lon yaqinda butun jumhuriyatta tarqatilur.

Maktab uchun: muallim, kitob kerak. Kitob uchun yozg‘uvchi, bosdirg‘uvchi kerak. Matbuot uchun kishi kuch, kog‘az, matbaa… yana bir muncha narsalar kerak.

Shu keraklar orasida, shu keraklar qo‘shuni o‘rtasida qolib turub eshitamizki: “Buxoroda maktab binolarini muassasa xizmatchilariga xona joy uchun berib turalar. Maorif nazoratig‘a bolalar bayroq ko‘tarib kelib maktab joyi talab qilalar. Nazoratda ba’zan to‘palang…” emish. Munga ham bir narsa demaymiz, bizning so‘nggi so‘zimiz birdir: Hammamiz eski maqsadg‘a qaytaylik!…

Abdulhamid S.

“Buxoro axbori” gazetasi,

1921-yil 12-oktyabr, № 52.


This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"