Erkinlik istagi

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Erkinlik istagi  (1922) 
by Abdulhamid Choʻlpon

Erkin ko‘nglim chiday olmas bu siqiq,
Bu bog‘langan, bu «egalik» turmushda.
Agar shunday ketaversa, bu aniq:
Tilak uchun qila olmas bir ish-da.

Shuncha chog‘lar chidab kelgan ko‘nglimga
Bu kungina o‘z chizig‘i tor keldi.
Go‘yo uning qo‘l tegmagan bo‘yniga
Ip bog‘lanib, juda qattiq tortildi.

U intilib, u urinib yotadir
Tor qafasdan qutqargali o‘zini.
Tevarakka achchiq qarg‘ish otadir,
Bilmadimki, qon bosganmi ko‘zini?

Bundan burun ul ko‘p og‘ir tinlarni
Chidam bilan, tinchlik bilan o‘tkardi.
Qarshisida avrab turgan jinlarni
Ko‘ra turib qo‘ramadi, ketkardi.

Shuning uchun tubanlarning tubani,
Yovuz, buzuq kishilar ham erkincha
Talarlardi, emarlardi-da – uni
So‘karlardi orqasidan er-kecha.

U qanday tor, qanday siqiq yerlarda,
Qanday buzuq chiziqlarda bo‘lmadi?
U qanday hur, qanday tuban erlarda –
Qilini ham qimirlatmay turmadi?

Endi ul ham tor chiziqdan bezgandir,
Qaytib unga kirishlikni istamas.
U ma’nosiz «egaliklar» ezgandir,
Ular bilan bir tin bo‘lsin – turolmas!

U erkinlik, o‘zboshlilik istaydir,
Ketga qarab – o‘lim bo‘lsin – ketmaydir!..

1922-yil

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse