Eng qulay ish

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Eng qulay ish  (1925) 
by Hoji Muin

Dunyoda eng qulay va oson ish nima, deb so‘rag‘on kishiga «tiyotruchilik» deb javob bersak, alhaq o‘roqdek to‘g‘ri javob bergan bo‘lamiz. Voqean, agar tiyotruchilik bir qult suv ichishdek oson bo‘lmasaydi, bu kunlarda shahrimizning har bir gadoy topmas ko‘chasida haftada uch qatla tiyotruni tomosha qilishga musharraf bo‘lmas edik. Tiyotruchilik rahmatlik «Marmarxon pistadahon»ning masxarabozlig‘idek qulay bir o‘yun bo‘lmasa edi, «olma pish, og‘zimg‘a tush!», deb yurg‘onlarimiz bu kunlarda tiyotru boshlig‘i va o‘yun kulguni tushlarida ko‘rmaganlarimiz, xolis o‘yunchilik maqsadi bilan ma’rakaga chiqib, «arzi andom» qilmag‘on bo‘lurlar edi. Yashasin sanoye’i nafisa bilan o‘ynag‘uvchi tiyotruchilarimiz! Yashasun o‘lib ketgan eski masxarabozliqlarimizni turguzguvchi o‘yunchilarimiz!

So‘ngg‘i vaqtlarda Samarqandimizda bir necha Isonafas o‘rtoqlarimizning yo‘lboshchilig‘i ko‘lankasida tiyotru ishlari birdan jonlanib ketdi. Usta ko‘rmagan shogirdlarimiz sahnag‘a chiqib eshitilmagan maqomlarda o‘ynay boshladilar. Bazm majlislaridan foydalanib yurg‘on xalqimiz bunday qiziq tiyotrularni chilla o‘tirib tomosha qilishdan ham zerikmayturg‘on bo‘ldi. Endi umid etiladirkim, yaqinda shahrimiz O‘zbekistonning siyosiy markazi bo‘lishi bilan barobar, tiyotruchilik jihatidan ham markazlik ro‘lini o‘ynamoqqa kirishar.

Boturbek

«Mashrab», 1925 yil, 18-son

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse