E’tiroz
O‘ZBEKISTON IJTIMOIY ShO‘ROLAR JUMHURIYaTINING IKKINChI QURULTOYI MUHTARAM RAYoSAT HAY’ATIGA ChO‘LPON (ABDULHAMID SULAYMON) TOMONIDAN E’TIROZ
Muhtaram qurultoyning ishlariga ma’zur vajhlar bilan bo‘lib, yaqindan aralasha olmaganim uchun taassuf qilaman va siz muhtaram hay’atdan o‘tinamankim, mening quyidagi arizamni muhtaram qurultoyga yetkazsangiz ekan.
Ulug‘ Oktyabrning avvallaridan beri ishchi-dehqonlarning inqilobiy hukumatlari tomonida bo‘lib maorif va madaniyat sohalarida qo‘limdan kelgan qadar samimiyat bilan ishlab kelganim ma’lumdir. Vatandoshlar urushining eng qizg‘in davrlarida, shonli qizil askarning «Perekop» muzaffariyati damlarida kommunistlar firqasi tomonidan ishlatilgan bir gazetaning (o‘sha vaqtning eng so‘l gazetasi) — «Rosta»ning boshida turib, qo‘ldan kelgan qadar inqilobga va uning yengishiga xizmat qilganman. Bu Toshkentning xamma sho‘ro va firqa ishchilarnga ma’lumdir. Undan so‘ng boshqa gazeta, jurnallar va nihoyat teatr ishlarida ham, shu ishlarning rahbari bo‘lgan siyosiy idoralar nazoratida, o‘shalarning ko‘rsatgan yo‘llari bilan pshlab kelganman. Bular ham har qaysisi o‘z kishilariga ma’lum.
So‘nggi ikki-uch yil orasida shoirlik va yoshlik mayllari bilan ba’zi bir xatolarim bo‘ldi. Chunonchi, millatchilik va vatanparastlik ruhida she’rlar va narsalar yozib, ba’zi joyda shu yo‘lda so‘zlaganlarim ham bo‘ldi. So‘ng vaqtda, ayniqsa, Moskvada o‘qigan vaqtlarimning so‘ngida o‘z xatolarimga o‘zim ham tushundim.
U yozgan narsalarim va so‘zlagan so‘zlarim, kambag‘al va yo‘qsullar dushmanlarining foydasiga xizmat qilganini bildim. Bashariyatning umumiy saodati, ezganlar va boylarga qarshi ezilganlar va yo‘qsullarning kurashida ekanini angladim. Dunyoda asosan ikki qarama-qarshi jabhaga bo‘lingan boylar bilan kambag‘allarning kurashida haq va haqiqatning kambag‘al va yo‘qsullar tomonida ekaniga qanoat qildim. Mundan so‘nggi ishimda shu qanoat va ishonchimni asos qilib tutmakka qaror berdim.
Mundan so‘ng shu yo‘ldagi azmimni ish bilan ko‘rsatib, ish orqasida haligi xatolarni ishchi-dehqonniig ko‘nglidan ketkazishga harakat qilaman.
Mundan so‘ng o‘z faoliyatim uchun o‘zim sevgan teatr sohasini olib, unda yaqinda (shu yil) RKP(b) Markaziy Komiteti tashviqot-targ‘ibot sho‘basi yonida bo‘lgan teatr maslahat majlisining qarori asosida, o‘shani dastur qilib ish qilishimni arz qilaman.
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|