Dushmanniki, bu dahr zabardast qilur...
Appearance
Dushmanniki, bu dahr zabardast qilur,
Naxvat mayidin bir necha kun mast qilur.
G‘am yemaki, yetkursa boshini ko‘kka,
Oxir yana yer kibi oni past qilur.
| This work was published before January 1, 1930, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago. |