Diydor izdangiz bu tun, ey ko’zlari bedorlar...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Diydor izdangiz bu tun, ey ko’zlari bedorlar...
by Xorazmiy

Diydor izdangiz bu tun, ey ko’zlari bedorlar,
Bedorlarg’a ro’ziydur chun davlati diydorlar.

Bu xori hastiyni qachon yoqsang muhabbat o’tina,
Ko’rguzg’ay erdi ko’zinga yuzin gulu gulzorlar.

Xori balog’a sabr qil bu olami foniydakim,
Lutfi bila bo’lg’usidur gulzorlar bu xorlar.

Vobasta bo’lma o’zungga bu yo’lda izdasang kushod,
Bog’lanmasang bu o’zunga ochilg’ay erdi korlar.

Bozori ishq izdar ersang kechgil ziyonu suddin,
Sudu ziyondin kechmayin topmas chu jon bozorlar.

Ma’mur izdagan kishi boqiy jahonda jonini,
Munchamu qildi foniy dunyoda dov-devorlar.

Uryon bo’lub chun mehru mah ko’nglungda nuri haq tila,
Diydorg’a mone’ erur chun ko’zguda zangorlar.

Zohirda murshidman temak ne foyda berg’ay sanga,
Joning Belinda chunki bor pinhon base zunnorlar.

Chun bir erur asli jahon, ul birin hosil aylagil,
Tahaqquqi ilm ushbu erur, nega kerak takrorlar.

Sog’inma o’z-o’zingni san mantak jahonda yo’q teyu,
Chun oqibat boshdin chiqar bu manlugu pindorlar.

Ul kim sanga hamroh emas, vollohki jonning boridur,
Ey jon,jon dedim, taqi eshitmading san borlar.

Bossang qadamin faqrning yo’ling’a sodiqlar bikin,
Balgurgay erdi ul zamon ag’yor birla yorlar.

Mardona jon birla bosh o’ynag’il muhabbat yo’lida,
Chun jon bila bosh o’ynadi sarvarlaru solorlar.

Yaxshi-yomon teb, Hofizo, hech kimga inkor etmasang,
Kelturgay erdi mo’minu kofir sanga iqrorlar.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse