Dipbaro, ishqing o’tida kuydi bu jonim mening...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Dipbaro, ishqing o’tida kuydi bu jonim mening...
by Xoʻjanazar Huvaydo

Dipbaro, ishqing o’tida kuydi bu jonim mening,
Jon na ermish, balki kuydi nuri iymonim mening.

San agar lutf etmasang man xastai bemorga,
Bu tiriklikni netorman, xushdur o’lg’onim mening.

Sansizin manga bu qilg’on xonumonu ro’zg’or,
Bir go’ristondek ko’rinur, ko’shku ayvonim mening.

Ko’rmasam bir dam yuzungni, ey nigoro nozanin,
No’h falakni kuydurur bu ohu afg’onim mening.

Sansizin bir luqma osh yo parchai non tishlasam,
Og’zima andoq uroy, sinsun bu dandonim mening.

Ey nigori mehribon, ko’rsam yuzungni man ayon
Ul qiyomat kunida, yerga yetar yonim mening.

Ey pari, miskin Huvaydo ko’rmay o’lsa der sani,
Dog’lar bag’rimda qolg’ay ham yuz armonim mening.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse