Jump to content

Dilso‘z ohimg‘a sabab gar so‘rsangiz, ey yorlar...

From Wikisource
Dilso‘z ohimg‘a sabab gar so‘rsangiz, ey yorlar...
by Muhammad Rasul Mirzo
332907Dilso‘z ohimg‘a sabab gar so‘rsangiz, ey yorlar...Muhammad Rasul Mirzo

Dilso‘z ohimg‘a sabab gar so‘rsangiz, ey yorlar,
Hijron o‘ti urg‘usidur ko‘nglum aro dildorlar.

Sargashtadurman ishqining sahrosi ichra topmay,
Atrofi olamda necha gom ursalar sayyorlar.

Hech demangiz, ey do‘stlar, jonu ko‘nglini naylading,
Afsunlar aylab oldilar men zordin makkorlar.

Mumkin emasdur topmog‘i men zor yanglig‘ kimsani,
Garchi erur ul ko‘y aro bisyor yotg‘an zorlar.

Yakbor mendin uzdi ul mehru vafoning rishtasin,
Javru jafosidin aning jonim berurman yorlar.

Bir g‘am yetushgach el bori g‘amxor o‘lur erdi manga,
Yuz g‘am yetarda yo‘q erur emdi manga g‘amxorlar.

Men kofiri ishq o‘lmisham, zinhor keltur, mug‘bacha,
Dinimni naqdin olg‘ali ul turrasi tarrorlar.

Xatdurmu bo‘lmish oshkor ul la’li maygun ustida,
Yo gulni bargi uzra bosh chekmushmudurlar xorlar.

Uyrulsa har dam boshidin sargashta Mirzo, yo‘q ajob
Uyrulganidek nuqtaning atrofidin pargorlar.


This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.