Dilbaro, boshingdagi sunbulmu rayhon kokiling...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Dilbaro, boshingdagi sunbulmu rayhon kokiling...
by G‘urbat

Dilbaro, boshingdagi sunbulmu rayhon kokiling,
Soldi ko‘ngulga farog‘at rohati jon kokiling.

Ul kuni mahfil aro mahzun dilimga o‘t yoqib,
Loladek bag‘rimga pinhon bog‘ladi qon kokiling.

Kufr elin ko‘nglig‘a tavfiqu diyonatlar solib.
Qilmadimu fazli ishqingdin musulmon kokiling.

Bu dili sho‘ridani majnuni sargardon qilib,
Ayladi zulfing misolidek parishon kokiling.

Nofai mushki Xo‘tan sharmanda xatting*bo‘yidin,
Jumla sunbullarni aylab xonavayron kokiling.

Garchikim hajrida toqat qolmadi motam tutib,
Bir kelib qilmas makonimni guliston kokiling.

Mahvasho, noz ilgida G‘urbatni dil afgor etib,
Ayladi anduhu g‘amdin chashm giryon kokiling.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse