Dil ishqinga mubtalo bo’lubdur...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Dil ishqinga mubtalo bo’lubdur...
by Avaz Oʻtar

Dil ishqinga mubtalo bo’lubdur,
Ham rasmi vafo ongo bo’lubdur,
Oini jafo sango bo’lubdur,
Ko’zing ne balo qaro bo’lubdur,
Kim jong’a qaro balo bo’lubdur.

Kelsa qilay ul sanam liqodin,
Ko’nglin uzub ahli bevafodin,
Ishqi aro zoru mubtalodin,
Begona bo’lubdur oshnodin,
Begonag’a oshno bo’lubdur.

Bo’lsa, ne tong, ahli dahr qurbon,
Kim lab ango misli g’uncha xandon,
Oraz dog’i hamchu mohi tobon,
Ishq ichra oning fidosi yuz jon,
Har jonki ongo fido bo’lubdur.

Hijron aro cheksa ko’b jafoni,
Demayki jafo, tuman baloni,
Fosh aylabon oini vafoni,
Baho topar ulki bo’ldi foni,
Rahravga fano baqo bo’lubdur

Dilduz, base, rivoyati ishq,
Jonso’z, Avaz, hikoyati ishq,
Bu nav’ durur nihoyati ishq,
To tuzdi Navoiy oyati ishq,
Ishq ahli ango navo bo’lubdur.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse