Desang zamirimi xannos qilmasun vavos...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Desang zamirimi xannos qilmasun vavos...
by Shavqiy Kattaqoʻrgʻoniy

Desang zamirimi xannos qilmasun vavos,
Yirog‘ aylama o‘zdin sitoyish ila sipos.

Ulug‘ sifat kishi yosh erkanida ham bilinur,
Bu so‘zg‘a qoyil erur kimki bo‘lsa chehrashunos.

Jahon baqosig‘a maqbul bo‘lmadi mehnat,
Magar bu so‘zga guvah bo‘lsa Xizr ila Ilyos.

Ko‘ngul xaroshig‘a ko‘rdungmu charxi kajraftor
Hiloldin yasabon ko‘rguzur xaloyiqa dos.

Na koxi chatrdurur, na sipehri torami xazr,
Qilurg‘a gard, erur boshing uzra sangi xaroye.

Ajal shikanjasidin forig‘ o‘lmadi hech kim,
Ne ko‘ng‘urotu, ne nayman, ne uyg‘uru jayyos.

O‘zing ishing bila bo‘l, g‘ofil o‘lma bir soat
Ki, qasri umring erur bemadoru sust asos.

Kushodaro‘y o‘lubon, aylag‘il tilingni chuchuk,
Agar desang, bo‘layin olam ichra sarvari nos,

O‘zungg‘a ayla tavozu’ tariyqasin pesha,
Yuzungni qilma sovuq xalq ichida misli kalos.

Muhabbating guharin sarf etmagil ulkim,
Itob etarda sening xetiringni tutmas pos.

O‘zung mujolising ila qaror tut, bilsang,
Bo‘lur qarog‘a sazovor ayru chog‘ida los.

Falakni ko‘rki, berur g‘ayrimizga bodai aysh,
Biza yetushganida davr chappa ayladi tos.

Qayerda changu rubob o‘lsa, Shavqiyo, bazm et,
Mug‘anniylaring erur nag‘masi so‘zungg‘a libos.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse