Dehqonlar ziyofati

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Dehqonlar ziyofati  (1923) 
by Abdulhamid Choʻlpon

13 inchi iyulda paxta qo‘mitasining birinchi zavodi oldida shaharga ish bilan kelaturg‘an dehqonlar uchun qizil choyxona ochildi. Choyxonaning ochilish marosimiga qishloqdan dehqon vakillari chaqirilg‘an edilar. O‘shal kuni Toshkantdan o‘rtoq Xidiraliyev boshliq jumhuriyatimizning oqsoqollari kelishib qolib, ular ham ziyofatda hozir bo‘ldilar. Choy-nondan so‘ng markaz dehqonlar kaperativi raisi, o‘rtoq Mirza Homid Xo‘jayev majlisni ochib, birinchi so‘zni o‘rtoq Xidiraliyevga berdi. O‘rtoq Xidiraliyev sho‘rolar hukumatining dehqonlarga qarashi va qilgan ham qilaturg‘an yordamlari to‘g‘risida gapirdi. So‘z orasida: “Hukumat tomonidan dehqonlarga berilaturg‘an yordamni joy-joyiga topshirishda orag‘a o‘zi ishlamay turg‘an dehqonlar va burung‘i “kami nasiyachilar” aralashmasun. Hukumatining yaxshilig‘ini ular o‘z nomlariga olib qolmasinlar”, – deb o‘tdi. Undan so‘ng o‘rtoq Chanishev so‘z olib, dehqonlarni tamom tinch turmushqa kirgizmaguncha qizil qo‘shun kurashishda davom etadir dedi.

So‘ngra dehqonlarning o‘z oralaridan Mavlonqul ota turib, hukumatning dehqonlarga qilgan moddiy yordamini, bosmachilarni bitirish ishida qilayotqan harakatini bir-bir sanab o‘tub, “endi yurt tinchib qoldi” deydir. So‘ngra hukumatdan ot-mol va pul bilan yana yordam berilishini so‘raydir. Dehqonlar o‘zlari bosmachilarni tutub, yo‘q qilishib berurlar deb dehqonlar nomidan va’da beradir.

Mavlonqul ota shu so‘zni aytkandan so‘ng dehqonlarga qarab “shunday emasmi?” dedi. Munga hamma dehqonlar birdan guvullashib “ha!” deb javob berdilar. Otaning so‘zlari olqishlar bilan qarshi olinadir. Undan kegin o‘rtoq Isaqulov turib pul bilan yordam to‘g‘risida markazga telegrom berishga, hozirg‘a esa keltirilgan bug‘doydan nasiya berib turishga va’da qiladir. Oxirda o‘rtoq Mirza Homid Xo‘jayev qizil choyxonalar va kaperatsiyalar to‘g‘risida so‘zlagandan so‘ng majlis yopilib, oshdan so‘ng musiqa tovushi ostida tarqaladir.

Q.

“Darxon” gazetasi

1923-yil, 19-iyul, № 9.

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse