Davlat tilasang haqdin adab rishtasin ushla...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Davlat tilasang haqdin adab rishtasin ushla...
by Shavqiy

Davlat tilasang haqdin adab rishtasin ushla,
davlat anga payvand,
Hech ziynat emas surati zebog‘a adabcha,
tark aylama zinhor.
Ahdingni buzub qavlingga yolg‘on suxan olma
hurmat talab ersang,
Bo‘lmas bu ikov ahli malohat zarifig‘a,
albatta sazovor.
Gar Shavqiy so‘zi kelsa malol senga, ayo mah,
andin hazar etma,
Harchand agar talxdur, anga amal ayla,
mazmunida so‘z bor.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse