Dardi yo’q bedard kishilar dard qadrin na bilur...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Dardi yo’q bedard kishilar dard qadrin na bilur...
by Xoʻjanazar Huvaydo

Dardi yo’q bedard kishilar dard qadrin na bilur,
Dunyoda nomard ko’pdur, mard qadrin na bilur.

Za’faron bo’ldi chiroyim yor uchun, ey do’stlar,
Bilmagonlar bu chiroyi zard qadrin na bilur.

Jon uzub, jonni ulodim kokili jononaga,
Fahmi yo’q befahmlar payvand qadrin na bilur.

Oz erur jononaga sarf aylasam man molu jon,
Qilmag’on nodon kishi jon, mard qadrin na bilur.

Yig’ladi harchand Huvaydo, bilmadi el qadrini,
Tushmagan dard boshiga bodard qadrin na bilur.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse