Dardi yo‘q — kessak, ishqi yo‘q — eshshak

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Dardi yo‘q — kessak, ishqi yo‘q — eshshak  (1923) 
by Abdulla Qodiriy

— Kalnikiga oshg‘a-a-a-a!!!

Gur-gur odam kalnikiga tuz yalab chopadir…

— Ayiq polvon kurash tushadir, Jo‘ra qiziq maymun o‘ynatadir, Farg‘onadan Arava polvon keldi, Jizzaxdan It polvon keldi…

Ko‘rubsizki, kurash o‘rnini ijaraga olg‘an zarg‘aldoq xo‘jalarning qilg‘an foydalari mindi-mindi…

— Chet ellardagi o‘qug‘uchi yoshlarimiz foydasig‘a bu kun «Turon»da teatru qo‘yiladir!

La havla va la quvvata… Toshkand musulmonlarini… yayzara yer yutubdir va yo katta-kichik og‘a-ini in-inlariga kirib ketibdir…

Shunga o‘xshash «Sharq sahnasi» yaxshi niyat yorti mol, deb kino qo‘yar. «odamovi»larni yig‘moq uchun eshak hurkarlik qilib, tomg‘a to‘rtta karnay ham chiqaradir; lekin shunchalik attorchiliklar, «Surma ket, o‘sma ket»lar bir paqir; sahna xazinadorlarining og‘izlarig‘a pashsha o‘lturg‘an, o‘yunxona eshikidan «g‘ing» degan bir chibin uchmaydir. Shu soatda shaharning barcha choyxonalarida g‘ij-g‘ij churvaqa, lim-lim… buzoq:

— Og‘zingmi, o‘rpilgan o‘rmi?

— Basharangmi, badbaxtning dalasimi?

— Ko‘zingmi, po‘stakning yirtig‘imi?

— Engaxingmi, yo‘lg‘a chiqg‘an hindining…mi?

— Xo, xo, xo!

Topg‘an-tayang‘an sovutmachoq shu. Boshqa dastmoya yo‘q. Bangixonada «harb-zarb» olub yurguchi bir o‘rtog‘im nashaning tutuni gurkuragan choqlarda:

Xarsak — marsak,

dardi yo‘q — kessak

ishqi yo‘q — eshshak! —

deb bayt o‘qug‘an bo‘lub jovrar, man bo‘lsam «Bu nima degani tentakning» deb baytiga tushunolmas edim. Endi kelib-kelib bu baytning ma’nosini Eski shahar sahnalaridan topub mavridsiz bo‘lsada, o‘zim shu baytni yakkaxonlik qilmoqdaman:

Dardi yo‘q — kessak, ishqi yo‘q — eshshak!

Voqi’an, dard bo‘lmasa, ishq bo‘lmasa odamning kesakdan nima farqi bo‘lsin-u, eshakdan nima ayirmasi!

Vallohi a’lam bissavob.

Julqunboy

«Mushtum» — 1923 yil, 5-son, 6-bet

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse