Dardi g’amiga hargiz qilma davo, Huvaydo...
Appearance
Dardi g’amiga hargiz qilma davo, Huvaydo,
Ichgil mayi muhabbat bemuddao, Huvaydo.
Zuhd ayla, qilma taqvo, mayxo’ralik shior et,
Mayxonada muqim o’l, qilma riyo, Huvaydo.
Ishqu muhabbat ichra o’ldung, muborak o’lsun,
Sharti muhabbat uldur: bo’lmoq fano, Huvaydo.
Ming uqbai pur oshub ishqing yo’lida bordur,
YO hodiyal-muzillin, der ahadno, Huvaydo.
Hayratdaman, nigoro, yo’q qo’lda ixtiyorim,
Sarmoya yo’q qo’lumda, g’ayri rizo, Huvaydo.
Gar tavfi Ka’ba qilmoq, ey ko’nglum, istor esang,
Qil tavfi ka’bai dil, ey porso Huvaydo.
Ishqida bir sanamni devona bo’lmasaydi,
Vasfiga qilmas erdim til oshno, Huvaydo.
This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago. |