Chuvi chiqdi

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Chuvi chiqdi  (1923) 
by Abdulla Qodiriy

Hangama

Shari’atsiz kishi uchsa havoga,

Ko‘ngil berma uningdek xudnamoga!

So‘fi Olloyor

To‘rtta bema’ni bir yerga yig‘ilib olibdir-da, otini «Mahkamai shar’iya» qo‘yibdir.

— Mahkamai shar’iya ochdiq, shari’ati nabiyaning ravnaqini istasangiz bizning yong‘a marhamat qilingiz! —deb ro‘kach uchun sodda domlalardan bir nechalarini o‘z ichlariga olibdirlar-da, uyalmay-suyalmay «Toshkand mahkamai shar’iyasi» degan viveskani ham Ko‘koltosh madrasasiga osibdirlar.

— Ey uyalmag‘anlar! Bu kun bo‘lmasa, ertaga sirimiz ochilib, sharmanda bo‘lamiz deb o‘ylamadingizlarmi?

Alhamdulilloh summa alhamdulillohkim, ahli musulmonga ashrorun-nosning zararlari tegmay turib «sirlari» ochildi. «Mahkamai shar’iya» deganning chuvi chiqib, bizning tomondan bir parcha churuk lattaga tugildi.

«Mahkamai shar’iya»ning chuvining chiqishi juda oson bo‘libdirkim, eshitub ziyoda xursand bo‘ldiq va ahli solih dindoshlarning anzori oliylariga tortiq qilishni o‘zimizg‘a farzi ayn bildik:

«Mahkamai shar’iya»dagi «Islohi madoris»chilar (ba chima’ni?) harakati behudaga yuz qo‘yub, madrasalarga yangi usuli dars va yangi mudarris tayinlamakchi bo‘lg‘anlarida A. a’lam domla janoblari mudarrislik uchun o‘z tarbiyalarida yetishkan zotlarni taklifi bosavob qilibdurlar. Ammo islohotchilar bu taklifi bosavobni rad aylab, chirting-pirtinglar bilan javob berib, harakati nopisandada bo‘libdurlar.

Ikkinchi, Shomiy domla degan bema’ni majhulun-nosning o‘rnig‘a mulla Ziyouddin ma’lumun-nos val-xos val-avomni mudarris bo‘lsun, deb mehribonchiliq qilg‘an ekanlar. Yana ul bema’nilar dag‘allik aylab va yana buning ustiga birmuncha sho‘rtumshuqlik ham qilibdurlar.

Uchunchi, «Madrasai shukrxoniya»ni bulg‘atub oludai najas aylab yotg‘an jamoai jadidni kajak olib haydamoq mahkamai shar’iya afrodiga farzi ayndir, deb mehribonchiliq qilg‘anlarida yana ular sustlik ko‘rsatibdurlar.

Shuning ila A. a’lam domlag‘a «Mahkamai shar’iya»ning siri ochilib «Mahkamai jadidiya»ligi oshkor bo‘libdur. Va yana «Hamiyati diniya»lari jo‘shka kelib «Mahkamai shar’iya»da shari’at yo‘q ekan!» deb xitob aylabdurlar. Va yana «shayxul-islom»lik mansablaridan ham iste’fo beribdurlar. Va yana «Mahkamai shar’iya»ningchuvi chiqibdur…

Mulla Julqunboy

«Turkiston» — 1923 yil, 25 yanvar, 50-son

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse