Chun junun zanjiriga bo’ldum giriftor, ey ko’ngul...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Chun junun zanjiriga bo’ldum giriftor, ey ko’ngul...
by Husayn Boyqaro

Chun junun zanjiriga bo’ldum giriftor, ey ko’ngul,
Bo’lg’asen men telba holidin xabardor, ey ko’ngul.

Qochsam ul zanjir ila ovoralig’ sahrosiga,
Qilma holimni xirad ahlig’a izhor, ey ko’ngul.

Qo’yki davronning jafo oyin eli bedodidin,
Bo’lmasin hargiz alar ichra padidor, ey ko’ngul.

Anda ham qo’ymay topib, “devonadur”, deb bog’labon,
Sudrab eltur bo’lsalar xalqi sitamkor, ey ko’ngul.

Keldi ul mahvash mening jonimg’a bedod etgali,
Emdi mendin lahzae ayrilma zinhor, ey ko’ngul.

Shoyad ul yanglig’ tomosho sori mahvshlar bila
Kelgay ul shamshod qaddu mohruxsor, ey ko’ngul.

Ko’rgach oni gar Husayniy yanglig’ etsang tarki hush,
Hasratida qilg’asen jonimni iysor, ey ko’ngul.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse