Chorjo‘ydan xatlar: Yangi Chorjo‘y «ajoibalari»

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Chorjo‘ydan xatlar: Yangi Chorjo‘y «ajoibalari»  (1921) 
by Abdulhamid Choʻlpon

Siz o‘rtoqlar, markazda ishga ko‘mulub ketgansiz-da, bizning yangi Chorjo‘y ahvolidan hech nima bilmaysiz. Bizlar, o‘zimiz jingqorchadek kichkina bo‘lsaq ham, Amudaryoning balig‘iday har narsani bilib turamiz. Siz o‘rtoqlar, Chorjo‘yda suv toshqini bo‘lub, qancha imoratlarning “xijolat” bo‘lub, uyalib bo‘yni bukilganini bilmaysiz.

Siz o‘rtoqlar, ul imoratlarni qaytadan turg‘uzmok, qaytadan tuzatmak uchun tayyorlang‘on plonlarni, ismeta va hisoblarii bilmaysiz.

Siz o‘rtoqlar, Chorjo‘y ostonasida markazdan kelgan va mahalladan chiqg‘on mas’ul xodimlarning “payka”larini (ya’ni eski massilarini) ko‘tarib, bilim olomay, poyezdg‘a haftalarcha sargardon bo‘lib yurishlarini bilmaysiz.

Siz o‘rtoqlar, yangi Chorjo‘yning oqsoqoli, boboylarning oq sochli kampirlarini tanimaysiz, ularning holo ham bo‘lsa yangi maktablarga va ularning muallim va muallimalariga “orqadan g‘iybat” toshi irg‘itishlarini bilmaysiz.

Siz o‘rtoqlar, Chorjo‘y “tutash”larining “Kogon”nikilar bilan “taqlid” (o‘xshash) maydonida qandog‘ chopishqonlarini, yopishqonlarini bilmaysiz.

Siz o‘rtoqlar, yangi Chorjo‘y yigit va qizlarining onalari oldidan “soroniyog‘a boramiz” deb chiqib ketib, shahar boqchasi va temir yo‘l boqchalarida “semichka” chaqib “sobraniya” qilishlarini bilmaysiz. Bizning yangi Chorjo‘yda “sobraniya”lar, “saylovlar” hamma vaqt kechasi bo‘ladir! Shuning uchun yosh yigitlarga ko‘b yaxshi va ko‘b erkin. Siz kunduz majlislaridan so‘zlamangiz, unda “shu” bor, a bizga “ish” emas, “tish” kerak.

Siz ko‘b narsani bilmaysiz, men ko‘b narsani bilaman.

Men yangi Chorjo‘ydag‘i Buxoro Jumhuriyatig‘a qarashliq bir muassasani bilamankim, butun Buxoro Jumhuriyatida mundog‘ ishlik muassasa yo‘qdur… Uning aka-ukasi, tog‘o-jiyanlari ham bor… Ularni ham yozar edim. Hozir qo‘rqib turaman, shoshmang, bir uzunroq mandat qo‘lg‘a tushuray, so‘ng yozarman-da balki.

Yangi Chorjo‘ydan: Yunusiy.

“Buxoro axbori” gazetasi,

1921-yil, 20-oktyabr, № 53.

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse