Chiqdi bog‘idin bir gul, men sori shitob aylab...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Chiqdi bog‘idin bir gul, men sori shitob aylab...
by Shavqiy Kattaqoʻrgʻoniy
333075Chiqdi bog‘idin bir gul, men sori shitob aylab...Shavqiy Kattaqoʻrgʻoniy

Chiqdi bog‘idin bir gul, men sori shitob aylab,
Burqa’in solib yuzdin, bag‘rimi kabob aylab.

Titravuj toqib boshqa, zarvaraq sepib qoshqa,
Meni oldi yonboshqa, din uyin xarob aylab.

Haddin oshqanin ishqim bilmayin, belin quchtum.
Zarradek yera tushtum, anda iztirob aylab.

Bexud o‘lmog‘im ko‘rdi, boshim uzra o‘lturdi,
Meni husha kelturdi, xayidin gulob aylab.

Ko‘rgach-o‘q o‘shal yuzni, bahramand etib ko‘zni,
Boadab tutub o‘zni, naqshi po hisob aylab.

So‘rdi mustamandidin, hajrining gazandidin,
La’li no‘shxandidin meni komyob aylab.

Aqlim itmish ul soat, telbalig‘ tariyqidin
Yova so‘z demishdurmen, ollida xitob aylab.

Keldi qahri ul gulni, sardi zulfi sunbulni,
O‘tqa soldi men qulni, bog‘i irtikob aylab.

Tarki xonumon ettim, go‘shada makon ettim,
Vasfini bayon ettim, Shavqidin kitob aylab.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse