Chaman ettim

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Chaman ettim
by Boborahim Mashrab

Dil dashtida g’am ohularig’a vatan ettim,
G’amzang o’qi to lolalar ochti, chaman ettim.

Ishq ahli maning sori kelurg’a 6u erur yo’l,
Har yerda tarab gullari erdi vatan ettim.

Nayson kabi ko’zdin yog’adur ashki ravonim,
Sadqangga yurak qonini la’li Yaman ettim.

Mehring qushi ko’nglim qo’lidan ajramasun deb,
Jon rishtasi birlan oyog’idan rasan ettim.

Jonimg’a nigohing o’qidin gullar ochilsa,
Sayrimg’a ani nastaranu yosuman ettim.

Rasvolig’ o’tin balki o’zimg’a yoqadurman,
Jismimg’a samandar kabi o’t pirahan ettim.

Mashrab, bu so’zing topdi saning bo’yi shahodat,
Qonlig’ tanima ishq libosin kafan ettim.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse