Yangi shinel kiygan po‘lis nazoratchisi Ochumelov guzar maydonchasi orqali qo‘lida tugunchasi bilan ketib boradi. Yo‘lakay musodara qiling‘an to‘la bir g‘alvir qulubnayni ko‘targan sap-sariq gorodovoy uning oraqasidan ta’qib etadi. Tevarak jim… maydonchada hech kim ko‘rinmaydi. Do‘kon va qovoqxonalarning eshiklari ochiq, huvillab turadilar, bu eshiklar yonida gadoy u yoqda tursin bir zog‘ ham ko‘rinmaydi.
– Ey, san hali qopadig‘an ham bo‘ldingmi? – degan hayqiriqni eshitgan Ochumelov– Tut, tut qo‘yma birodar! Kishini qopsin deb kim buyurgan? Tut, ushla! Ha!…
It vangillashi eshitiladi. Ochumelov bir tomonga qaraydi: Pechogin boyning o‘tin skladidan bir itning uch oyoqlab kelganini, qo‘rquv aralash atrofga alanglaganini ko‘radi. Itni chit ko‘ylak kiyib, jelatkasining tugmalari yechilgan bir kishi quvlab keladi, oxirda butun gavdasi bilan yerga yotib olib itning orqa oyog‘idan ushlab qoladi. It yana vangillaydi. Allakim – “mahkam ushla, qo‘yma” deb qichqiradi. Do‘kon eshiklaridan mudragan kishilar mo‘ralaydilar. Bir onda o‘tin skladi yonida go‘yo yerdan o‘sib chiqqandek bir to‘da xalq yig‘ilib qoladi.
– Tartibsizlikga aslo yo‘l qo‘ymasman, oliynasab janoblari, – deb gorodovoy Ochumelovni tinchitadi.
Ochumelov birdan to‘xtaydi, chapga tomon yarim aylangandan so‘ng to‘plangan kishilar ustiga qarab yuradi. Haligi sklad eshigi yonida yuqorida ko‘rsatilgan tugmasi yechik kishining bir qo‘lini yuqori ko‘tarib, qonli barmog‘ini xalqg‘a ko‘rsatayotganini ko‘radi. Uning yarim mast siymosidan “Itning o‘n jonidan bir jonini ham qo‘ymayman” degan ma’no anglashiladi. Bundan tashqari uning qonli barmog‘i ham it ustidan g‘alaba qilishg‘a shahodat berib turadi. Ochumelov bu kishining oltin asboblar ustasi zargar Xrokin ekanligini tanidi. Xalq o‘rtasida yelkasi sarig‘ dog‘li, tumshug‘i ingichka oq it – bosh aybdor ham cho‘nqayib o‘ltiradi. Butun a’zosi bilan titrab qo‘rquv va dahshat aralash atrofiga nazar tashlaydi.
– Xo‘sh, bu yerga nima uchun yig‘ildingiz,– deydi xalqni yorib ichkariga kirgan Ochumelov, – Xo‘sh nimaga yig‘ilishdingiz? Sening barmog‘ingg‘a nima qildi?… Hali kim hayqirdi-a?
– Beozor o‘z ishim bilan kelayotsam, oliynasab janoblari, – dedi Xrokin barmog‘ig‘a qarab ijirqang‘an holda,– o‘zimning Mitriy Mitrich bilan bir oz o‘tin to‘g‘risida… ha bir vaqt mana shu o‘tirgan it yonimga keldi-da, hech narsadan hech narsa yo‘q barmog‘imni uzdi, oldi… tilim tegmasa, og‘zim tegmasa… men o‘zim ishchi bir odamman… mening kasbim juda nozik. Endi, men shu majruh barmog‘im bilan ihtimolki, bir hafta ishga yaralmasman. Bir haftalik tavon to‘lamasalar men bu itni qo‘ymayman. Oliynasab janoblari, bunday gap zakonda yo‘qdir. Har ko‘ringan it kishini tishlab keta bersa, bu kundan ko‘ra o‘lib ketkan ancha yaxshidir.
– Himm!… Yaxshi…, – dedi Ochumelov jiddiy tusda va yo‘talib qoshlarimni chimiradi, – yaxshi… bu o‘zi kimning iti? Men bu ishni bu holda qo‘yib ketolmayman! Men itni bo‘sh qo‘yib yuborganlar uchun ta’zir berishga yarayman. Hukumatning qarorlarini iltifotsiz qoldirib keluvchi afandilar bilan chinlab kurashish vaqti yetkan bo‘lsa kerak. Bu mutahamlarga yaxshilab shtraf solg‘achg‘ina ular it va boshqa hayvonlarni bo‘sh qo‘yib yuborish hikmatiga tushunadilar. Men bundaylarning ko‘zini moshdek ochib qo‘yishga yarayman!… Yeldirin – dedi polis nazoratchisi gogodovoyni imlab, – oldin itning kimniki ekanligin bil, undan so‘ng protokol yoz! Itni bo‘lsa o‘ldirish kerak. Tezdan! Balki quturg‘an bo‘lsa ham ajab emas… Qani, xo‘sh bu o‘zi kimning iti?
– Chamasi bu it, general Jikalovning iti bo‘lsa kerak – dedi xalq ichida allakim.
– General Jikalovniki? Himm!… Mening ustimdan paltomni yech-chi,
Eldirin… Kun juda ham isib ketdi! Bo‘ronning ketidan so‘roni kelib yomg‘ur yog‘sa ham ajab emas… Faqat men bir narsagagina tushunolmay turaman: Bu it seni qanday qilib qopa oldi ekan? – deb Ochumelov Xrokinga qaraydi. – Qanday qilib bu itning bo‘yi sening barmoqlaringg‘a yetdi ekan? Aqlim yetmaydi. It bo‘lsa nozik. Sen bo‘lsang ho‘kizdak, bo‘yingga qara! Balki barmog‘ingg‘a mix-pix kirgan bo‘lsa, haligi mixni tortib olgansa, qonab ketkan, undan so‘ng boshingga … xa de… Men siz xalqning miringdan siringni bilaman! Siz xaloyiq juda ham bema’ni odamlarsiz!
– Oliynasab janoblari, balki uning o‘zi kulgi uchun itning burniga papirus tiqqan bo‘lsa, shundan so‘ng, it barmog‘ini tishlab olg‘an… Bu o‘zi juda ham bema’ni odam, oliynasab janoblari.
– Yolg‘on so‘zlaysan, ko‘r! Ko‘zing bilan ko‘rmaganingdan keyin yolg‘on so‘zlashning nima hojati bor. Oliynasab janoblari juda ham aqlli odam, kim yolg‘on so‘zlaydi, kim rost, bu kishi o‘zi tirnog‘ining yuzidak biladi. Nahotki, men yolg‘on aytsam. Xo‘p, sud tekshirsin. Zakonda hammasi ham ko‘rsatigan… Bo‘lmasa menga bari bir… Mening o‘z akam jandarmada xizmat qiladi. Agar bilmakchi bo‘lsangiz…
– Vaysay berma!
– Yo‘q, bu generalning iti bo‘lmasa kerak… – deydi chuqur o‘ylab olgan gorodovoy, – generalning bunday iti yo‘q edi. Uning iti chipor rangli edi…
– Sen buni aniq bilasanmi?
– Aniq bilaman, oliynasab janoblari!
– Menim o‘zim ham bilaman. Generalning itlari zotlik, qimmatbaho narsalar edi. Bu bo‘lsa egasiz, daydi itga o‘xshaydi. Epaqaliq yungi ham yo‘q. Ko‘rinishi ham xunuk… Qisqasi bir bedavodan iborat. Shunday bema’ni itni saqlaydimi kishi? Senlarda aql bormi? Agar shu xilda bir it Petirburg yoki Moskovga kirib qolsa bormi, darrov zakonni ham bir tomonga yig‘ishtirib qo‘yib urib o‘ldirar edilar. Sen, Xrokin, bu ishni shunday qoldirib ketma… Ta’zirini berib qo‘yish kerak! Fursatni qo‘ldan chiqarish yaramaydi!
– Balki generalning itidir…, – dedi o‘ylanib turgan gorodovoy, – men tunov kun generalning hovlisida shunga o‘xshash bir itni ko‘rgandak bo‘lgan edim.
– To‘g‘ri bu it generalniki! – deydi xalq ichidan allakim.
– Himm!… Birodar Yeldirin, mening paltomni kiydirib qo‘y-chi…
Shamollab qalaturg‘ang‘a o‘xshayman… Ichimdan titroq kelayapti… Sen bu itni generalnikiga olib bor. Va o‘sha yerdan so‘rab bil. Ularga mening ushlab yuborganligimni aytarsan… Ko‘chaga bo‘sh qo‘yib yuborilmasin degin… Balki o‘zi qimmatbaho, zotlik itdir. Har bir cho‘chqag‘a o‘xshag‘an ahmoqlar uning burniga papirus tiqa bersalar buzilib qolishi ham turgan gap. It deganing juda ham nozik maxluq… Sen ahmoq, qo‘lingni pastga tushur! Jinniga o‘xshab qo‘lingni yuqori ko‘tarib turma! Ayb o‘zingda!
– Generalning oshpazi kelyapti, undan so‘raymiz… Hay Proxor! Qani buyoqg‘a kel-chi, uka! Manavi itni ko‘r, siznikimi?
– Topibsan! Umrda bunaqa itimiz bo‘lmagan.
– Endi uzoq so‘rab o‘lturishning hojati yo‘q, – dedi Ochumelov, – bu albatta egasiz daydi it! Uzoq muhokama qilib o‘ltirish nima xojat. Men axir daydi it demadimmi, mana endi daydiligi ham ma’lum bo‘ldi. Buni urib o‘ldirishdan boshqa ish yo‘q, vassalom!
– Bu bizning itimiz emas, – deb davom etdi Proxor, – Bu it generalning ukasining iti, o‘zi yaqinda keldi. Bizning itimiz ov iti emas. Janobning ukalari ovchiliqg‘a …
– Ha, ha, hali bu janobning ukalari kelgan ekanlar-da? Vladimir Ivanovich-a? – deb so‘radi Ochumelov va yuziga tabassum, shodliq tusi kira boradi, – voy xudo! Men hech bir eshitmabman-da. Mihmanga kelgandirlar?
– Ha, mihman bo‘lib kelibdilar…
– Akalarini sog‘ing‘an bo‘lsalar kerak… Men bo‘lsa o‘limdan xabarim bor, u zotning kelganlaridan xabarim yo‘q! Demak bu it ularniki ekan-da? Juda xursand bo‘ldim… Itni olib ket… Yaxshigina it ko‘rinadi… O‘lguncha yugurdak bo‘lsa kerak. Ol, buni bormog‘ini tishla! Ha ha-ha… Xo‘sh, nega titraysan? Viss, viss… serzarda mug‘ambir… o‘z oti bilan it-da…
Proxor itni chaqirib olib o‘tin skladidan chiqib ketadi. Xalq Xrokinni mazaq qilib kuladi:
– Sen hali qarab tur! – deb Ochumelov Xrokinni yanadi va shneliga o‘ralib olib guzar maydonchasi bo‘ylab yo‘liga davom etadi.