Bu qaror juda joyida

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Bu qaror juda joyida  (1924) 
by Abdulhamid Choʻlpon

Ijroqo‘mning bu qarori bu safargi qaror emas. Bundan burun ham shu qarorni chiqarg‘an va sog‘liqni saqlash shoʻbasiga buyurg‘an. Lekin, shoʻba munga qarshi o‘z fikrini bildirib, shu ishni nimagadur qilg‘isi kelmagan. Haligi ikki rayonga yangidan muolajaxona ochilsa yaxshi bo‘lur edi, degan. Holbuki, munga na davlat va na mahalla xaltasida ta’inlik pul yo‘q. Agar bu to‘g‘rida keraklik joyg‘a murojaat qilinaturg‘an bo‘lsa, javob kelib ish “ko‘ngil xohlag‘an” yo‘lga kirgunda uvvv… bir necha qovun pishig‘i o‘tub ketar. Holbukim, Jalolobod rayonida muhojirlar bor. Shularning “sharofati” bilan podshohlar vaqtida birdan 3 shifoxona paydo bo‘lub qolg‘an. Bir rayondagi ortiqcha narsani yana bir yo‘q rayonga ko‘churush juda tabiiy va lozim narsa bo‘lsa kerak edi. Bilmadik, sog‘liqni saqlash shoʻbasi nima uchun boshqa choralarni qidirib ovora bo‘ldi ekan?

Ijroqo‘mning mazkur majlisida Eski shahar kasalxonasidan musulmon xotin-qizlarining foidalanishlari mas’alasi qaralib, bu to‘g‘rida sog‘liqni saqlash shoʻbasiga taklif qilindikim, haftada 3 kun musulmon xotunlarini ko‘rish uchun Eski shahar muolajaxonasiga bir xotun do‘qtur ta’in qilinsun.

Qo‘rg‘ontepa rayon ijroqo‘mining ul joyda bir kasalxona va bir pochtaxona binosi solmoq kerakligi to‘g‘risida qilg‘an murojaati mahalliy mablag‘ yetishmagani uchun ijroqo‘m tomonidan rad qilindi.

Qo‘rg‘ontepa Jalolobod temiryo‘li ustida istansalik va obod bir rayon bo‘lub, pochtaxona va kasalxona ehtiyoji tabiiy ravishda chiqqan bo‘lsa kerak. Ijroqo‘m mahalliy mablag‘ yetmaydur, deb bino solishqa unamag‘an. Lekin, birarta hozir binoni eplab shu ikki muassasani ochdirish uchun harakat qilinsa yaxshi bo‘lur edi. Har holda bo‘lmag‘andan ko‘ra, yomonroq va nari-beriroq bo‘lsa ham bo‘lub turg‘ani yaxshi. Qishloqning o‘zidan chiqqan bu tashabbus har nima bo‘lg‘anda ham, xayrlik foldur.

Q.

“Farg‘ona” gazetasi,

1924-yil, 21-fevral, № 148.

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse