Bu oqshom mahvashim ruxsori oy birla taloshibdur...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Bu oqshom mahvashim ruxsori oy birla taloshibdur...
by Ogahiy

Bu oqshom mahvashim ruxsori oy birla taloshibdur,
Emas anjum falak ahli ochib ko‘zlar qaroshibdur.

Bir uchqundur quyosh ul mahliqo ruxsori o‘tidin,
Shafaq ermas, falak domonig‘a ul o‘t tutoshibdur.

Dema tun zulmati xurshid ruxsorin nihon etmish,
Ul oyning ishqi savdosi oning boshidin oshibdur.

Falak mehri bulutdin yuzga chekmish pardai mushkin,
Magar boqib quyoshim yuziga ko‘zi qamoshibdur.

Yuzida chinmudur har sori tushkan sovuq ohimdin,
Bu sarsar birla, yo‘q ersa g‘azab daryosi toshibdur.

Sochi savdosida gar yetmasam la’lig‘a tong ermas –
Ki, bu zulmat ichida necha Iskandar adoshibdur.

Yuziga surtubon g‘oza, chekibdur qoshig‘a vo‘sma,
Bu zinatlar onga, vah, ne balo usru yaroshibdur.

Ko‘ngul bo‘l voqif ul payvasta qoshlar hayatidinkim,
Ikov bir-birga qatlingda egib boshi kengoshibdur.

Necha ko‘b desa hazyon, Ogahiy, har kecha tong yo‘qkim,
Ul oy savdosi fikri birla oning aqli choshibdur.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse