Bu kunda Farg‘ona

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Bu kunda Farg‘ona  (1919) 
by Abdulhamid Choʻlpon

Bu kunda Farg‘onamiz shunday bir to‘palang ichida qolg‘anki, hech bir suratga kelturub yozub-da, so‘zlab-da bo‘lmaydi. Qo‘lg‘a qog‘oz-qalam olub, ustol yonig‘a kelub o‘lturub, Farg‘onaning bir boshidan ikkinchi boshig‘acha bo‘lmoqdag‘i voqealarni yozmoqchi bo‘lasan, lekin ba’zi bir mone’lar ko‘z oldig‘a chiqara tura, shundan ixtiyorsiz qalamning ustol ustiga otub, ustol yonidan turub-da ketganingni o‘zing-da sezmay qolasan. Mana, ko‘rursiz, jumladan, biri: o‘z ichimizdag‘i cheksiz-tubsiz bo‘lg‘an kamchiliklarimiz: ish boshida o‘lturuvchi o‘rtoqlarni layoqatsizligi; ish boshiga o‘lturarlik odamlarimizni kamligi, rostini aytganda, yo‘qlig‘i; ish boshida o‘lturuvchi o‘rtoqlari ko‘broqi yovrupolik bo‘lg‘ani uchun turkcha so‘zni bilmasliklari, onglamasliqlari; buning orqasinda turkcha so‘z hukumat tili bo‘lmay, chetda qoluvchi; ko‘b yig‘inlarda so‘zlar Yovrupo tillarinda yurituvlari, buni oxirida musulmonlarning partiya va jamiyatlardan uzoqlashmoqi; buning ustig‘a Farg‘onamizda shul choqg‘acha o‘g‘rilarni davomi, bularning yo‘qotuv chorasiga hukumat tarafindan ikki yildan beri tadbirlar qilinsa-da, ko‘bda foyda chiqmag‘anlig‘i. Bunday ishlarni mayda-chuyda qilib o‘ylag‘an odam, bir minut bo‘lsun Farg‘onada turmoqg‘a toqati (qolmay), butun Farg‘onadan chiqub ketmakligini ixtiyor qilur. Chiqub ketolmas ekan, butun ishlardan o‘zini tortib, bir chekkaga chiqub, tek yotmoqg‘a majbur bo‘lur.

Chunonchi, qanday bir to‘g‘rida g‘azetada to‘g‘ri bir so‘zni yozsang, darrov dudoqlarini osilturg‘an va orqandan so‘kkan; o‘zingni uchratgach, yig‘lab o‘pka qiluvchilar bo‘lub qoladur. Va ba’zi ishlikroqi bo‘lsa, tiribunalg‘a berub, qamatib ham qo‘yadur. O‘g‘rilardan bir oz yozmoqchi bo‘lsang, butun shaharlar to‘la o‘g‘rilar xabarchilari yurar, bu xabar shundoq Muhammad Aminbekka yetadur. “Bor, olub kel!” – desa, shul kun kech o‘zing-da yo‘q, ruhing-da yo‘q, u dunyo muxbirlarindan bo‘lursan-da ketarsan. Farg‘onamizning doxiliy ahvolidan xabari bo‘lmag‘anlar bunday ishlardan xabari yo‘q, o‘pka qiladurlarki, ne uchun Farg‘ona to‘g‘risida ochiq bir ma’lumot yozilmas, deb. O‘rtoqlar, Farg‘onada ish ko‘b, ishlovchi-da ko‘b, lekin hammasi pusub yotadir.

Q.

“Yangi Sharq” gazetasi,

1919-yil, 24-noyabr, № 22.

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse