Bo’yungtek butmadi bo’ston aro sarvi ravon, ey jon...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Bo’yungtek butmadi bo’ston aro sarvi ravon, ey jon...
by Sakkokiy

Bo’yungtek butmadi bo’ston aro sarvi ravon, ey jon,
Yuzungtek ham ochilmadi chamanda guliston, ey jon.

O’qunguznung boshoqing’a ko’ngul mushtoq, ko’z oshiq,
Bular tolashmoqin bo’ldi ul ikki ora qon, ey jon.

Agar Rum ahlina zulfung habashning lashkarin solsa,
Ko’ngul ilginda ul soat topilmas hech amon, ey jon.

Sening la’lingdin uftonib qizorur la’l qon ichra,
Hasad eltur mening yuzum ko’ribon za’faron, ey jon.

Yuzung davrinda ko’zlarim gahi la’lu, gahi lo’lu,
Chiqorur ko’rsa bu san’at, uyolur bahri kon, ey jon.

Falak Sakokiga bukun qulunmen der, jihat zohir,
Tun axshom itlaring birla o’turmush bir zamon, ey jon.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse