Bo’ldi to tabdin harifi la’li jononim anor...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Bo’ldi to tabdin harifi la’li jononim anor...
by Umarxon

Bo’ldi to tabdin harifi la’li jononim anor,
Gul qilur xuni jigardin xori mijgonim anor.

Husn bog’i mevasiga yor noz aylab dedi:
Lablarim anjirdur,sebi zanaxdonim anor.

Bog’ gul birla anorig’a agar noz aylasa,
Yor aytur: Orazim — gul, la’li xandonim — anor.

Lablari shaftolusig’a zormen,ey bog’bon,
To’kmasun behuda istig’no bila qonim anor.

Sharbatim qondur agar topsang ul oy bazmig’a bor,
La’li xandonig’a yetkur arzim, ey jonim, anor.

Yoralig’ ko’nglumni ko’z yoshida qildim parvarish,
Kim erur bu bog’ aro maqbuli sultonim, anor.

Sebi g’abg’ablar firoqida bihidek sarg’orib,
Qon yutarmenkim emastur bobi dandonim anor.

Ko’z,labing unnobi hijronida yig’larkim, to’kar
Qatra-qarta qon yoshimdin jaybu domonim anor.

Orazing rammonini bu bo’g aro istar, Amir,
Muddaodur ango,ey sarvi xiromonim, anor.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse