Bo’ldi gul vaqtiyu men dardu g’amida mubtalo...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Bo’ldi gul vaqtiyu men dardu g’amida mubtalo...
by Husayn Boyqaro

Bo’ldi gul vaqtiyu men dardu g’amida mubtalo,
Ishq o’tidin loladek bag’rimda yuz dog’i balo.

Holi zorin, men kibi sultondin ayru tushgali,
Yaproq ermas, guldakim yuz til bila aylar ado.

Men bilur erdimki, yo’qtur intiho ishqimda hech,
To guli vasling bila qildim muhabbat ibtido.

Loladek may jomini tutgil g’animat, gul chog’i.
Xosaikim, ishrat urdi bulbuli bedil sado.

Gar husayniy, topmadi barge jamoling bog’idin,
Bu chamanda, ey guli navras,sanga bo’lsun baqo.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse