Boʻlubon jolisi avrangi jaholat juhalo...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Boʻlubon jolisi avrangi jaholat juhalo...
by Komil Xorazmiy

Boʻlubon jolisi avrangi jaholat juhalo,
Urdilar olam aro koʻsi hukumat juhalo.

Noʻsh etib rishva mayin yetmay ulus dodigʻa,
Bilmadilar dame oyiai adolat juhalo.

Boʻlubon homii arbobi fasodi sarka,
Jam’ qildilar ukush davlatu sarvat juhalo…

Ulamogʻa berib ijroi shariatda shikast,
Berdilar johili nodongʻa himoyat juhalo.

Qilib oʻz royicha ish amri hukumatda mudom,
Qildilar tark base farz ila sunnat juhalo.

Arzu dod amrida ahkomi shariatni qoʻyub,
Yurutub oʻrnigʻa qavliyati odat juhalo.

Boʻlub oʻz boshlarigʻa fe’li musallat, yo rab,
Boʻlmagʻay boisi mankubi viloyat juhalo.

Komilo, tutsa ne tong vartai zillatda maqom,
Topdilar masnadi izzatda sadorat juhalo.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse