Boʻlmadimkim bir dame anduhi davrondin xalos...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Boʻlmadimkim bir dame anduhi davrondin xalos...
by Komil Xorazmiy

Boʻlmadimkim bir dame anduhi davrondin xalos,
Andin istarman tanimning boʻlgʻonin jondin xalos.

Har nafas boshimgʻa bir gʻam sangboroni yogʻar,
Tobmadim hech hodisoti charxi gardondin xalos.

Ul labi xandon ruxi gulgun gʻamidin ohkim,
Boʻlmadi hargiz koʻzum ashku, koʻngul qondin xalos.

Xasta koʻnglum nolasi andin falak paymodurur,
Bir asire durki nogah boʻldi zindondin xalos.

Yetmasa gʻamxonam ichra subhi vaslidin ziyo,
Boʻlmogʻ mumkin emastur shomi hijrondin xalos.

Shum raqibing rashk tigʻi birla bir kun chopgʻomen,
Mushrik oʻlmas zulfiqori shohimardondin xalos.

Johilekim donish ahli suhbatidan qochqusi,
Kofiredurkim topar ahli musulmondin xalos.

Goh zulfi yodi birla, goh yuzining yodida,
Boʻlmadi jonim zamone kufru iymondin xalos.

Komile kim tobsa dunlar ixtilotidin raho,
Bir musulmondekki, tobgʻay kofiristondin xalos.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse