Bo'lmasa bo'lmasun, netay

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Bo'lmasa bo'lmasun, netay
by Ogahiy

Ashkima gar kanora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay,
Ohima hech shumora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay.

Hardam ulusg'a lutf ila boqg'usi qahr ila, vale
Man sori bir nazora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay.

Ishq eli ko'ngli dardig'a chora qilur,vale mening
Dardi dilimga chora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay.

Hajrida za'fim o'ylakim, ohi hazinim o'tig'a,
Shu'la bila sharora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay.

Jon labidin chu bermadi jismima,vahki qoshidin
Qatlima bir ishora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay.

Ko'yiga borsam etgusi vaslig'a va'da, ul dog'i
Bo'lg'usi bora-bora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay.

Toleyi ravshan o'zganing lutfi quyoshi nuridin,
Men kibi baxti qora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun,netay.

Bo'ldi sitorasi isiq' xulqg'a mehr yor karam,
Manda isig' sitora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay.

Dedim o'lubtur Ogahiy ashki kanorasiz, dedi:
Ashkima gar kanora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun,netay.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse