Bizki bukun jahon aro kishvari faqr shohimiz...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Bizki bukun jahon aro kishvari faqr shohimiz...
by Ogahiy

Bizki bukun jahon aro kishvari faqr shohimiz,
Boshimiz uzra ohimiz shu’lasidur kulohimiz.

Qasri rafimiz buzuq kulbayi ko’hnamiz bo‘lub,
Go‘shayi ajz-u maskanat tufrog’i taxt-u johimiz.

Markab g‘am samandimiz, domi alam kamandimiz,
Nolayi zor tug’imiz, xayli balo sipohimiz.

Lashkari kibr-u naxvat-u nafs ila tuzgali masof,
G‘amkadamiz fazosidur arsayi razmgohimiz.

Kim bo‘la olg’usi taraf bizgaki, ashk-u ohdin
Tutti yer-u sipehrni shavkat-u dastgohimiz.

Martabayi urujimiz ajz ila o’yla tutti avj
Kim, bo‘la olmag‘ay yeti charx g‘ubori rohimiz.

Himmatimiz baland erur o’ylaki, hech tushmagay,
Dahr dani arusining jilvasig‘a nigohimiz.

Olami faqr bazmida jomi sabuhi ichkali,
Subhi safidimiz erur bizga shabi siyohimiz.

Shohidi ma’niyi vafo ishqini da’vi etkali,
Chehrayi zard-u, qaddi xam keldi iki guvohimiz.

Bizni bu dahr bog’ining ishrati orzusidin,
Shukrki, forig aylemish marhamati ilohimiz.

Ogahiy, bo‘lsa tong emas faqr eli gar muteimiz,
Bizki bukun jahon aro kishvari faqr shohimiz.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse