Birinchi may
Birinchi may kuni bizning basharamiz irjaygan, ikkinchidan boy, ulamo, ashqiyolarning basharasi tirjaygan kundir.
Birinchi may biz o‘ynag‘an, kulgan; mustamlakachi «mushfiq mehribonlarning» qon yig‘lag‘an, kuygan kunidir.
Birinchi may butun dunyo mehnatkashlarining birlashkan bayrami, butun dunyo ifloslarining bir-birlari bilan it-mushuk bo‘lub ajrashqan kunidir.
Birinchi may ishchi dehqon xalqi uchun baxt-saodat kuni, burjuaziya va uning qullarig‘a baxtsizlik keltiradirg‘an kundir.
Birinchi may bizning kelgusimiz uchun muayyan bir chiziq qoldiradir. Qarshimizdag‘i baynalmilal to‘ng‘uz qo‘pqurlarg‘a achchiq-tizziq qoldiradir.
Birinchi may bizni shod va xandon qiladir. Butun dunyo jahongirlarini xonavayron qiladir.
Birinchi may bizga huquq berganda, dushmanlarimizga xo‘rliq va huquqsizliq beradir. Eng qisqasi bizga yaxshiliq, ularga yomonliq; bizga fazl, ularga hazl bizga insof, ularga noinsoflik beradir.
Birinchi may mehnatkashlar birligi kunidir. Bu kun butun dunyo mehnatkashlari bayram etadirlar.
G‘arb ishchisi Sharq ishchisiga, Sharq ishchisi G‘arb ishchisiga salom yuboradir. Demak, bu kun butun dunyodag‘i ishchilarda samimiylik hissini qo‘zg‘atadir. Bu kun butun dunyo och-yalang‘ochi bayram etadir, ham butun kuch-quvvatlari bilan kapitalga qarshi kurashish uchun so‘z biriktiradir.
Har holda Birinchi may o‘zgarish hasadginlarining ko‘zini qamashtiradir, hiqildog‘idan xippa bo‘g‘adir.
Birlashingiz, butun dunyo yo‘qsullari!
Mushtum
“Mushtum”— 1923 yil, 7-son, 2-bet
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|