Bir sari azm ayla, joyi nomusulmondur bu mulk...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Bir sari azm ayla, joyi nomusulmondur bu mulk...
by Turdi
333015Bir sari azm ayla, joyi nomusulmondur bu mulk...Turdi

Bir sari azm ayla, joyi nomusulmondur bu mulk,
Fitnai avbosh, zulmu kufru tug‘yondur bu mulk.

Bir kalima hurmatidin lek islom oti bor,
Mutlaqo kirdori xayli kofiristondur bu mulk.

Dur ahdu tang chashmu besaru ya’juj vaz’,
Muxtalif mazhab guruhi o‘zbakistondur bu mulk.

Naqdi jon bersang topilmas istasang bir zarra aysh,
Mshnatu anduhni so‘rsang, farovondur bu mulk.

Joyi islomu musulmonlig‘, Farog‘iy, istama,
Poytaxti kishvari Subhonqulixondur bu mulk.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse