Bir quyosh hajrida chektim o’tlug’ afg’on bu kecha...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Bir quyosh hajrida chektim o’tlug’ afg’on bu kecha...
by Husayn Boyqaro

Bir quyosh hajrida chektim o’tlug’ afg’on bu kecha,
Kuymakim dudidin o’ldi charx giryon bu kecha.

Ul quyosh hijronida har bir qarosi shaklidin
Qo’ydilar har bir ko’zum bir dog’i xirmon bu kecha.

Shomi hijronimni bilmonki, bu yanglig’ tuyradur,
Yo qilibtur dudi ohim oyni pinhon bu kecha.

To’kti kavkab furqating shomida ko’zum onchakim,
Qoldi gardun yuz tuman ko’z birla hayron bu kecha.

Ey ajal, dodimg’a yetgil bu qatig’ holatdakim,
Yo’qturur paydo mening shomimg’a poyon bu kecha.

Parchaming tong yelidin oshufta bo’lmush bu kecha —
Kim, qilibdur ro’zg’orimni parishon bu kecha.

Ey Husayniy, yorning ko’ksimga yetgan novakin,
Jon berib qildim buzug’ ko’nglumg’a mehmon bu kecha.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse