Bir pari ruxsoraga tushdi ishim...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Bir pari ruxsoraga tushdi ishim...
by Humoyun

Bir pari ruxsoraga tushdi ishim,
Ul sabab ko‘nglimda bordir otashim.

Chehrasi xonamni ravshan ayladi,
Partavi birlan yoritdi mahvashim.

Talpinur ko‘nglim hamisha ul tomon,
Tortadir ko‘nglimni zebo, dilkashim.

Menga bo‘lgaymu muyassar ey pari,
Kokiling bo‘ynimga bir dam chirmashim.

Ishqdin mastdir Humoyun, ko‘p qiyin,
Ey sanamlar, o‘zni hushyor aylashim.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse