Bir kun tun o‘rtasida uchradi bir mahliqo yolg‘uz...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Bir kun tun o‘rtasida uchradi bir mahliqo yolg‘uz...
by Maxmur Koriziy

Bir kun tun o‘rtasida uchradi bir mahliqo yolg‘uz,
Duchor o‘ldi magar zulmatda Xizri rahnamo yolg‘uz.

G‘ubori dilni yozmoqlikka bir marham tilar erdim,
Aning chun keldimu, oldimg‘a bilmam oshno yolg‘uz.

Xaloyiq qadr aytur erdi har yilda bir tunni,
Ushal aytgan tuni shul tunmi keldi dilrabo yolg‘uz.

Muyassar bo‘lsa har soat qadam tuprog‘ini totsam,
Qilib o‘tsam ko‘zimga surma doim to‘tiyo yolg‘uz.

Dili sad pora bo‘lgan, bag‘ri kuygan mubtalodurman,
Mani og‘ritmagin nevchunki singan (saxyo) yolg‘uz.

Chekib ko‘p ranju mehnat vasli bog‘i ichra kirgan ko‘p,
Degaymu do‘stlar ishqida kuygan marhabo yolg‘uz.

Bu kuygan jonimi hijron balosi ko‘p zabun etdn,
Na bo‘lg‘ay olsangiz ilgimni, e ahli pano, yolg‘uz.

Bu Maxmurga junun orzu bo‘lubdir deb gumon etmang,
Munga tun o‘rtasinda uchramish bir mahliqo yoyag‘uz.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse