Bir kun men zori beyor g‘amxor, sahroda ko‘rdim bir inson...
Bir kun men zori beyor g‘amxor, sahroda ko‘rdim bir inson,
O‘z o‘ti birla o‘zi tutashgon, giryon, uryon, tirnog‘i o‘sgon.
Yirtib yaqosin, tirnab liqosin, umri baqosin bermish fanog‘a,
Ko‘ngli malomat toshida sing‘on, ishq ofatidin bag‘ri ezilgon.
Gar diyda erdi, ohlar boshida singon oshiyoni.
Sahroni tutgon o‘tlig‘ fig‘oni, sayr aylar besabru somon.
Boshidin olmish kim hushin oni, ketmish qo‘lidin aqli inoni,
Oqmish ko‘zidin bag‘rini qoni, dardi nihoni o‘lmish namoyon.
So‘rdim bu kimni ko‘yida rasvo, yo‘q anda hargiz sabru shikebo,
Ko‘nglini dunyo mehridin uzgon tarki vatandur, chun voqif o‘lon.
Faryodidin tang bu dashtu sahro, tufrog‘i, ashki, selobidin qon,
Zohirda o‘lmish Majnuni rasvo, botinda Layli ishqida sulton.
Kam qilma, Bimiy, ishqini yorab, kuyingda Majnun sargashtadin to
Doim seni deb, ishqingda yig‘lab o‘lsun makoni dashtu biyobon
![]() |
This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:
|
![]() |